Qoraqalpog‘iston Respublikasi fermerlar kengashining Konferentsiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PF-22 sonli Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon bilan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi O‘zbekiston fermerlari kengashi sifatida qayta tashkil etilishi belgilanligi munosabati bilan bugun Qoraqalpog’iston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining yig’ilishi konferentsiya tartibida bo’lib o’tdi. Konferentsiyada Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesining agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo‘mitasi raisi A.Jumanazarov, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining bo‘lim boshlig’i M.Muxammadiev, tumanlardan saylangan vakillar, fermer xo‘jaliklari va boshqa tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Konferentsiyada asosiy 3 ta masala ko‘rib chiqildi. Bunda Qoraqalpog’iston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi – Qoraqalpog’iston fermerlar kengashi sifatida qayta tashkil etildi. Shuningdek, O‘zbekiston fermerlari kengashida bo‘lib o‘tadigan Konferentsiyaga delegatlar va Qoraqalpog’iston fermerlari kengashi rayosat a’zolari saylandi. Konferentsiya qarori bilan, Yunusov Ilxambay Kuchkarovich Qoraqalpog’iston fermerlar kengashi raisi etib saylandi.