Click to listen highlighted text!
2024, 21 December

Hududiy birligi

Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekistonning shimoli-g’arbiy bo’limida, Amudaryoning quyi qismi, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan. Respublika janubiy-g’arbiy tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoli-g’arbida Ustyurt past tekisligi, shimoli-sharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi yastanib yotibdi. Orol dengizining janubiy hududi qoraqalpoq zaminida joylashgan. Qoraqalpog’istonning umumiy yer maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat bo’lib, u hududining kattaligi jihatidan O’zbekiston Respublikasi viloyatlari o’rtasida birinchi o’rinda turadi. Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlari bilan shegaradosh. Respublikaning ma’muriy-hududiy tuzilmasi 16 ta tuman va 1 ta shahardan iborat. Amudaryo, Beruniy, Qorao’zak, Kegeyli, Bo’zatov, Qo’ng’irot, Qonliko’l, Mo’ynoq, Nukus, Taxtako’pir, To’rtko’l, Xo’jayli, Taxiatosh, Chimboy, Sho’manoy, Ellikqal’a tumanlari va Nukus shahri shular jumlasidandir.

Click to listen highlighted text!