Click to listen highlighted text!
2024, 21 December

Ochiq ma’lumotlar PF-6247

1. O‘z faoliyatiga oid hisobot (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar bundan mustasno)


2. Dаvlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)


3. Mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari (xizmat safarining yoki tashrifning maqsadi, sutkalik pul, transport va yashash bilan bog‘liq xarajatlar (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar bundan mustasno).


4. Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobiga xarid qilinishi rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar (xarid e’lon qilinishidan kamida 6 oy oldin)


5. Davlat xaridlari va investitsiya loyihalari doirasida hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish bo‘yicha tashkil etiladigan xarid komissiyasi tarkibini tasdiqlash haqidagi qaror hamda komissiya a’zolarining ma’lumotlari (familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi va egallab turgan lavozimi)


6. O‘zlari aksiyador (ishtirokchi, mulkdor) funksiyalarini bajaruvchi davlat ishtirokidagi korxonalarning ijroiya organi (direktor, boshqaruv raisi, boshqaruv a’zolari) va kuzatuv kengashi a’zolarining ismi va familiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar


7. Davlat ishtirokidagi korxonalar, shuningdek, ushbu korxonalarga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar tasarrufidagi yengil avtomobillar, xizmat uylari va boshqa ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar


8. Tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasi bilan bir qatorda, uning ijrosi, shu jumladan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari, avtomototransport vositalarini sotib olish va saqlash xarajatlari to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlar


9. Davlat organlari va tashkilotlari tasarrufidagi xizmat avtomototransport vositalari, xizmat uylari va boshqa ko‘chmas mulklar, qurilishi tugallanmagan obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tezkor-qidiruv, harbiy va boshqa maxsus xizmatlarda foydalaniladigan ashyolar bundan mustasno)


10. Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishga vakolatli hamda xabarnomalarni qabul qiladigan organlarning hududlar kesimida mas’ul xodimlari, shu jumladan ushbu toifadagi hujjatlarni berishni tashkillashtiradigan tegishli komissiya a’zolari (familiyasi, ismi va otasining ismi, egаllab turgan lavozimi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar


11. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga ijara huquqini berish bo‘yicha ochiq tanlov g‘oliblari bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar


12. Mahalliy budjetlarning har chorak yakunida shakllantiriladigan daromadlar va xarajatlar smetasi, rejadan orttirib bajarilgan qismi va mazkur mablag‘lar yo‘naltirilgan maqsadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar


13. Davlat organlari va tashkilotlari huzuridagi jamoatchilik kengashining tasdiqlangan a’zolari haqidagi ma’lumotlar bilan bir qatorda ularning aloqa ma’lumotlari (telefon, pochta va elektron manzillari) hamda jamoatchilik kengashining yig‘ilishlari va kun tartibidagi masalalar


14. Tasdiqlangan yarim yillik va (yoki) yillik ish rejalari (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar bundan mustasno)


15. Doimiy foydalanish uchun berilgan yer maydonlari va boshqa mol-mulklarni davlat-xususiy sheriklik asosida olgan yuridik va jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar


16. Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarning tashqi yoki ishonchli boshqaruvga berilgan davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari, ishonchli boshqaruvchi tomonidan jalb qilingan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar


17. O‘zlarining tarkibiga kiruvchi davlat muassasalarining nomi, faoliyat turi, funksiya va vakolatlari hamda rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar


18. Davlat organlari va tashkilotlarida davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini belgilovchi xarid komissiyasining ichki idoraviy tartibi (nizom, reglamenti, yo‘riqnoma yoki boshqa ichki idoraviy hujjat)


19. Bo‘sh ish o‘rinlari (markaziy, hududiy va tizim tashkilotlarida), ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.


20. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarga taqdim etilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari haqidagi ma’lumotlar, shu jumladan g‘olib bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning buyurtma doirasida bajargan ishlari yuzasidan hisobotlari haqidagi ma’lumotlari.

21. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarning ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish haqida bergan arizalari ro‘yxati (navbati) to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Click to listen highlighted text!