Xalqi
Doimiy aholi soni. O‘zbek, qoraqalpoq, rus, ukrain, belorus, qozoq, ozarbayjon, qirg‘iz, tojik, turkman, tatar kabi millat vakillari ahillikda yashaydigan Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy aholi soni 2024 yil 1 aprel holatiga 2008,8 ming kishini tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkich 2024 yil boshidan 6,1 ming kishiga yoki 0,3 foizga o‘sdi. Jumladan, shahar aholisi soni 981,2 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 48,8%) qishloq aholisi soni 1027,6 ming kishini (51,2%) tashkil etadi. Respublika kesimidagi tahlillarga ko‘ra, 2024 yilning 1 aprel holatiga eng ko‘p aholi soni Nukus shahrida 340,6 ming kishini (respublika jami aholi sonidagi ulushi 16,9%) va To‘rtko‘l tumanida 229,5 ming kishini (11,4%), aksincha eng kam aholi soni Bo‘zatovda 21,9 ming kishini (1,1%) hamda Mo‘ynoq tumanida 33,7 ming kishini (1,7%) tashkil etadi.