Click to listen highlighted text!
2024, 21 December

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi

Ermanov Farxod Urazbaevich

 

  • Tavallud sanasi: 30.04.1958
  • Tug‘ilgan joyi: Amudaryo tumani
  • Ma’lumoti: Oliy

Tamomlagan:

  • 1981-y. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti;
  • 1996-y. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

Faoliyati:

  • 1975-1976-yillar. Amudaryo tumani Mang‘it shahar profilaktika-dezinfeksiya bo‘limi xodimi;
  • 1976-1981-yillar. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabasi;
  • 1981-1983-yillar. Amudaryo tumani “Mang‘it” xo‘jaligi avtomexanigi;
  • 1983-1995-yillar. Amudaryo tumani “Mang‘it” xo‘jaligi bosh muhandisi, direktori;
  • 1995-1998-yillar. Amudaryo tumani hokimi;
  • 1998-2002-yy. Amudaryo tumani “Mang‘it” xo‘jaligi boshlig‘i;
  • 2002-2003-yy. Amudaryo tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i;

  • 2003-2004-yy. Amudaryo tumani qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i;

  • 2004-2004-yillar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha kotibiyati boshlig‘i;

  • 2004-2010-yy. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri;

  • 2010-2018-yy. Beruniy tumani hokimi;

  • 2018-2018-yy. Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi;

  • 2018-2022-yy. Xorazm viloyati hokimi;

  • 2022 y. – h.j.h. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi.

Manzil: Nukus shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 50 uy Fuqarolarni qabul qilish kunlari: Har haftaning dushanba kuni soat 16:00 dan 18:00 gacha Vazirlar Kengashi binosi, fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat).

  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining funksional vazifalari

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi iqtisodiyot, ijtimoiy va moddiy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining boshqa qarorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qarorlari ijrosini ta’minlaydi;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining boshqa qarorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qarorlari asosida va ularni bajarib, Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududida bajarilishi shart bo‘lgan qarorlar va buyruqlar chiqaradi;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyalari hamda “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi to‘g‘risida”gi Qonun asosida faoliyat yuritadi;

  • Hukumat faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda uning o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirish uchun choralar ko‘radi;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, sessiyalar oralig‘idagi davrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Qo‘shma majlisiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosarlarini va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi a’zolarini tayinlash va lavozimidan ozod etish to‘g‘risida tavsiyalar beradi;

  • Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va keyinchalik uni Vazirlar Kengashi Qo‘shma majlisiga tasdiqlash uchun taqdim etadi;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, sessiyalar oralig‘idagi davrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Qo‘shma majlisiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlarini tuzish hamda faoliyatini tugatish to‘g‘risida takliflar kiritadi;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisiga tumanlar va shaharlar hokimlarini tayinlash va lavozimidan ozod etish to‘g‘risida takliflar kiritadi;

  • Vazirlar Kengashi va uning Qo‘shma majlis majlislariga raislik qiladi;

  • Vazirlar Kengashi faoliyatida kollegiallikni ta’minlaydi;

  • Vazirlar Kengashining tegishli komissiyalari va kengashlariga rahbarlik qiladi hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

  • Vazirlar Kengashi va uning Qo‘shma majlisi majlisida muhokama qilishni talab etmaydigan davlat va xo‘jalik boshqaruvining ayrim masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;

  • o‘z vakolatlari doirasida qonun bilan belgilangan boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o’rinbosarlari

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri

Click to listen highlighted text!