Chimboy tumani hokimligida “Chimboy tumanini jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishidagi oldindagi rejalari haqida” va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kungi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlari haqida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kungi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, matbuot anjumanida tuman iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotini yanada rivojlantirish, xavfsiz va qulay muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi rejalar hamda erishilgan natijalar muhokama qilindi. Xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha soha mutasaddilari tomonidan qilingan ishlar bo’yicha ma’lumotlar keltirilib o’tildi. Tumanda xavfsiz va qulay muhit yaratish maqsadida jamoat joylarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qo‘shimcha kuzatuv kameralar o‘rnatilganligi, Yo’llarda harakat xavfsizligini kuchaytirish maqsadida yangi svetoforlar, piyodalar yo‘laklari va yo‘l belgilari o‘rnatilib, bolalar va aholining harakatlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida qilingan ishlar va kelgusidagi rejalar bo’yicha atroflicha ma’lumotlar berib o’tildi. Tashkil etilgan matbuot anjumani davomida Respublikamiz OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar oldi.