Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Farhod Ermanov Xitoyning “Bir kamar – Bir yo’l” tashabbusining O’zbekistondagi rahbari Zhoujiyi Itayku bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.


Uchrashuvda transport va irrigatsiya tizimini takomillashtirish bo‘yicha Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatish masalasi ko‘rib chiqildi. Xususan, yo‘l tarmoqlarini mustahkamlash, beton qoplamali zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, kanal va ariqlarni betonlash orqali suv resurslaridan samarali foydalanish, yashil energiya va quyosh panellarini o‘rnatish orqali ekologik toza energiyani rivojlantirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Uchrashuv davomida tomonlar loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq yo‘nalishlarni belgilab olishdi va keyingi bosqichlarda texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish hamda qo‘shma ishchi guruhlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.