“Giyohvandlikka qarshi kurash – barchamizning burchimiz”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 6 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora tadbirlari to‘g’risida”gi PF-73-sonli Farmoniga asosan 2025 yilning 1 fevraldan 1 martga qadar idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” kompleks tezkor-profilaktik tadbirini o‘tkazish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish Milliy markazi Bosh ilmiy hodimi Yusupov Janibek Odamboevich va Respublika Ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, metodik tashkillashtirish bo‘limi mudiri Tayrov Jo‘ra O‘ktamovich hamda masalaga aloqador vazirlik, idoralar, o’quv yurtlari ma’sullari va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha hududiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 6 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PF-73-sonli Farmoniga asosan 2025 yilning 1 fevraldan 1 martga qadar “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” kompleks tezkor-profilaktik tadbirini o‘tkazish belgilangan. Mazkur tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish Milliy markazi xodimlari hamda hududiy komissiya a’zolari, manfaatdor vazirlik va idoralar xodimlari bilan hamkorlikda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan joriy yilning 23 yanvar kuni Respublikamizda fevral oyi davomida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalariga qarshi kurashish” bo‘yicha o‘tkaziladigan tezkor-profilaktik tadbirlar rejasi tasdiqlanib, manfaatdor vazirlik va idoralarga ijro uchun yuborilib, ushbu rejalar asosida joylarda tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Uchrashuv davomida giyohvand moddalar tarqalishining oldini olish, ularning salbiy oqibatlari va jamiyatga yetkazadigan zararlari haqida muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Mutaxassislar yoshlar o‘rtasida profilaktika ishlarini kuchaytirish, ularni sog‘lom turmush tarziga targ‘ib qilish muhimligini ta’kidladilar. Uchrashuv yakunida qatnashchilar giyohvandlikka qarshi kurashda hamkorlikni yanada mustahkamlashga va aholining barcha qatlamlari orasida profilaktik ishlarni jadallashtirishga kelishib oldilar. Joylarda uchrashuvlar davom etmoqda.