Kompetentsiyani rivojlantirish institutining Nukus filiali tashkil etildi


 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 avgustdagi “Ma’muriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PF151-sonli farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 11-sentyabrdagi “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g’risida” gi 460-sonli qaroriga asosan shahar va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarining malakasini oshirish, sertifikatlash tizimi bo‘yicha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida Kompetentsiyani rivojlantirish instituti tashkil etilgan edi. Endilikda mazkur institutning Nukus filiali tashkil etilib, joriy yilning yanvar oyidan o‘z faoliyatini boshladi.

Institutning Nukus filialida siz:

🔹Qurilish ob’ektlarida texnik nazoratni olib borish;

🔹Qurilish ob’ektlarida qurilish pudrat tashkilotining ichki nazoratini amalga oshirish;

🔹Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va mualliflik nazoratini olib borish;

🔹Loyiha tashkilotlarida loyiha bosh arxitektori va bosh muhandisi sifatida faoliyatni amalga oshirish;

🔹Qurilish ob’ektlarida nazorat o‘lchovi;

🔹Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi;

🔹Ko‘p kvartirali uylar boshqaruvi;

🔹Qurilish va shaharsozlik sohasida davlat nazorati;

🔹Arxitektura va qurilish boshqaruvi;

🔹Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz muhit yaratish;

🔹Shaharsozlik;

🔹Seysmik izolyatsiya qo‘llash talablari va amaliyoti;

🔹Qurilishda “hajm” usulini joriy etish kurslari bo‘yicha o‘z malakangizni oshirishingiz mumkin bo‘ladi. “O‘quv kurslari”da buyurtmachi, loyiha va pudrat tashkilotlarining nazoratchilari, ekspertiza tashkilotlari va hududiy inspektsiyalarning mas’ul xodimlari qatnashishi mumkin. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi barchani “o‘quv kurslari”da faol qatnashishga chaqiradi.

Manzil: Nukus shahri Almazar ko‘chasi №8 uy. QDU Qurilish fakulteti binosi