O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri ning 2025-yil 13 yanvardagi 07-15-1-sonli topshirig’i asosida, ijro intizomini yanada mustahkamlash, ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislarining ish yuritish malakasi va kasbiy darajasini oshirish maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashida “iqtisodiy o‘qish” seminari tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi PF-6166-sonli Farmoni va 2021 yil 31 maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi PQ-5132-sonli qarorida belgilangan topshiriqlar asosida Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari hamda majlis bayonlarida berilgan topshiriqlari o‘z vaqtida ijroga qaratilib, sifatli bajarilishi qat’iy nazoratga olingan. Haftaning har dushanba kunlari Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi rahbarligida, haftaning chorshanba va juma kunlari Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari ijrosi kunbay, soatbay qat’iy nazorat qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024 yilda “ijro.gov.uz” tizimida yo‘l qo‘yilgan nazorat topshiriqlari ijrosi samaradorligi yakunlari, aniqlangan kamchilik va muammolar, shuningdek, bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan Vazirlar Kengashi kotibiyatlari va tarkibiy bo‘linmalarining kelgusida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha shaxsiy mas’uliyati to‘g’risida. O‘quv-seminarimizda Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari Maxmud Karamatdinovich Abdijaliev qatnashmoqda.