Korrupsiyaga qarshi kurash va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish bo‘yicha muhim qadamlar


Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashida Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish bo‘yicha tashkil etilgan uchrashuv jamiyatda yuzaga kelayotgan eng dolzarb muammolarni hal etishga qaratildi. Tadbirni Vazirlar Kengashining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘I B.Matmuratov olib bordi. Shuningdek, tadbirda davlat idoralarining ma’sul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvning asosiy maqsadi – tashkilotlarda shaffoflikni oshirish, xizmat vakillari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, korrupsiya holatlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy qilishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida tashkilotlarda shaffof va adolatli boshqaruvni ta’minlash maqsadida Davlat xizmatlarini raqamlashtirish orqali inson omili ta’sirini kamaytirish, korrupsiyaga qarshi choralarni kuchaytirish uchun me’yoriy hujjatlarning samaradorligini oshirish, korrupsiya holatlarini aniqlashda shaxslarning javobgarligini oshirish bo’yicha alohida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek manfaatlar to’qnashuvi bo’yicha atroflicha aytib o’tildi. Ishga qabul qilish jarayonlarida ochiq tanlovlar o‘tkazish, barcha xodimlar uchun manfaatlar to‘qnashuviga oid etika qoidalari va qonunbuzilish oqibatlari haqida tushunchalar berildi.