Qoraqalpog’iston Respublikasi tuman (shahar)larini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, tadbirkorlik uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo’yicha berilgan vazifalarning 2024-yilda amalga oshirilgan hamda kelgusi yilda bajariladigan ishlar bo’yicha uchrashuvi bo’lib o’tdi.


Davlatimiz rahbari tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasining tuman (shahar)larini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, tadbirkorlik uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Respublikamiz tumanlari viloyatlarga biriktirilgan edi. Mazkur topshiriq ijrosi bo’yicha, bugungi kunda hududlarda ishchi guruhlar tomonidan tumanlarni “Kambag’allikdan farovonlik sari” dasturi, “Sayxunobod” “Uychi”, “Zarbdor”, “G’ijduvon” tajribalari asosida kompleks rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarning sarhisobi hamda prezentatsiyasi bilan tanishildi. Uchrashuvda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o’rinbosari N.Erlepesov ishtirok etdi. Joriy yil boshidan aholi daromadlarini oshirish, ishsizlik darajasini pasaytirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ko’maklashish, yangi ish o’rinlarini yaratish maqsadida 912 mlrd so’mlik shundan, sentabr-dekabr oylarida ishchi guruh a’zolari tomonidan tijorat banklar bilan hamkorlikda 228 mlrd so’mlik jami(13 562 ta) imtiyozli kreditlar ajratilgan. “Kambag’allikdan farovonlik sari” dasturi asosida, ijtimoiy ahvoli yomon, daromadi yetarli bo’lmagan kambag’al oilalar tanlab olinib shahar va tumanlar tashkilot rahbarlariga biriktirilgan holda tizimli ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 3 oy davomida 10 511 ta fuqaroga 154 mlrd so’m imtiyozli kredit mablag’lari ajratilib, 14,7 mingta yangi ish o’rinlari yaratilishiga erishildi. Mazkur ishlar kelgusida ham tizimli amalga oshirilishi, keyingi bajarilishi lozim bo’lgan ishlar to’g’risida vazifalar belgilab olindi.