Bugun Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov Nukus tumanida fuqarolar uchun sayyor qabulini o‘tqazdi.
Bugun Yurtimizda aholi muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularning manfaatlarini himoya qilish davlat boshqaruvining asosiy vazifalaridan biridir. Shu maqsadda bugun Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov Nukus tumanida fuqarolar uchun sayyor qabulini o‘tqazdi. Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda uy-joy, moddiy yordam, kommunal xizmat, bank xizmatlari, sog’liqni saqlash, bandlik, va boshqa masalalarga oid fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Qabul davomida barcha murojaatlar tegishlicha o‘rganildi, ko‘pchiligiga shu joyning o‘zida echim topildi va hal etilishi uchun muddat talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddilarga qo‘shimcha o‘rganish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.