Qoraqalpog’iston Respublikasi shahar va tumanlari hokimlarining o‘rinbosarlari, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun hududda mahalliy davlat boshqaruvi va aholi bilan ishlashni samarali tashkil etish uchun talab etiladigan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminari tashkillashtirildi.
Hurmatli Prezidentimizning yurtimizda “inson qadri” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar, qabul qilinayotgan Farmon hamda Qarorlari bugun yurtimiz aholisining hayotini farovon, bugungi kunidan rozi bo‘lib, o‘z kelajagiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlamoqda. Albatta, mazkur Farmon hamda Qarorlarning ijrosini ta’minlashda davlat xizmatchilarining bilim va ko‘nlikmalarini oshirib borish talab etiladi. Shu maqsadda Nukus shahrida mahalliy davlat boshqaruvi organlari va aholi bilan o‘zaro samarali ishlashni tashkil etishga qaratilgan o‘quv seminari tashkil etildi. Amaliy-o’quv seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari U.Muhammadiev, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov qatnashdi va boshqarib bordi. Ushbu tadbir, asosan, mahalliy hokimiyatlar va jamoat tashkilotlari xodimlarining malakasini oshirish hamda aholi bilan muloqot madaniyatini takomillashtirishga qaratilgan. Mazkur o‘quv-seminar davomida kadrlar salohiyatini oshirish, tarmoq va hududiy darajalarda samarali rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish, “Kambag’allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g’risida (“Sayxunobod, Uychi, G’ijduvon, Zarbdor” tajribasi), aholini rasmiy ish bilan ta’minlash, daromad manbaiga ega qilish, 2025 yilda tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish to‘g’risida, tumanning “drayver” sohalarini aniqlash va yirik ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilg’or xorijiy tajriba va boshqa ko‘pgina sohalar bo‘yicha bilim va ko‘nlikmalarga ega bo‘lishmoqda.