XALQARO DINIY BAG‘RIKENGLIK KUNIGA BAG‘ISHLANGAN MAROSIM BO‘LIB O‘TDI
XALQARO DINIY BAG‘RIKENGLIK KUNIGA BAG‘ISHLANGAN MAROSIM BO‘LIB O‘TDI 1995-yil 16-noyabr kuni Parijda YUNESKO bosh konferensiyasining 28-sessiyasida «Bagʻrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi» eʼlon qilindi va bu kun «Xalqaro bagʻrikenglik kuni» sifatida belgilandi. Ushbu sana munosabati bilan Nukus shahrining qoq markazida joylashgan Yosh tomoshabinlar teatrida “Oʻzbekiston – bag‘rikeng diyor” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi va bir guruh hamyurtlarimiz “Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni hamda Vazirlar Kengashi tomonidan tashakkurnoma va sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Tadbirga turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari va diniy konfessiya vakillari, milliy madaniy markaz faollari, yurtimizda millatlararo doʻstlik va diniy bagʻrikenglik rishtalarini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshgan hamyurtlarimiz hamda OAV vakillari taklif etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov yuksak mukofotga sazovor boʻlganlarni samimiy muborakbod etib, bugun yurtimiz ravnaqi yoʻlida fidokorona mehnat qilayotgan hamyurtlarimizga katta muvaffaqiyatlar tiladi va yuksak mukofotlarni oʻz egalariga topshirdi.