Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan hamkorlikda kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, hududiy boshqarmalari rahbarlari, respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlari va direktorlari ishtirok etmoqdalar.


Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan hamkorlikda kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, hududiy boshqarmalari rahbarlari, respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlari va direktorlari ishtirok etmoqdalar. Hay’at yig‘ilishi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov raisligida bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi F.Ermanov ochib berdi. Bugungi kunda, mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni yangi bosqichga olib chiqish, iqtisodiyot va sohaga oid islohotlarni amalga oshirish jarayonida oliygohlar va texnikumlarning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan, Hay’at yig‘ilishida Prezidentimiz tomonidan 2024-yil 16-oktabrda imzolangan “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–158-son farmonida oliy ta’lim muassasalari va texnikumlar rahbarlari oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishiga oid masalalar muhokama qilinmoqda.