Bugun Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF), UNFPA hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan kelgan delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.


Uchrashuvda asosiy e’tibor orolbo‘yi hududida yashovchi aholining turmush farovonligini oshirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ekologik muammolarga birgalikda kurashish hamda joriy va istiqboldagi hamkorlik loyihalari muhokama qilindi. UNICEFning “Iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish va Qoraqalpog‘iston Respublikasining to‘rt tumanida xavfsiz suv, sanitariya, gigiyena va sog‘liqni saqlash xizmatlarini ta’minlash” loyihasi asosida birgalikda amalga oshiriladigan ishlarning bugungi kundagi holati yuzasidan fikr almashildi.