Bugun Vazirlar Kengashining Raisi Farhod Ermanov Qozog‘iston Respublikasining Mang‘istau viloyati hokimligining tadbirkorlik va savdo boshqarmasi boshlig‘i D.Murataliyev va Beyneu tumani rahbari Raximjan Shalbaev boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini qabul qildi.
Xabaringiz bor kuni kecha Samarqand shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston to‘rtinchi hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum doirasida O‘zbekiston-Qozog‘iston to‘rtinchi hududlararo forumi yakunlari bo‘yicha qator hujjatlar imzolandi. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi uzoq muddatli sheriklikni kengaytirishda hududlararo aloqalar haqiqiy harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu ezgu ishlar avvalida Davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasidagi do‘stona va ishonchli aloqalar muhim omil bo‘layotgani alohida qayd etish lozim.
Bugun Vazirlar Kengashining Raisi Farhod Ermanov Qozog‘iston Respublikasining Mang‘istau viloyati hokimligining tadbirkorlik va savdo boshqarmasi boshlig‘i D.Murataliyev va Beyneu tumani rahbari Raximjan Shalbaev boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini qabul qildi.
Uchrashuvda ikki tomon o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash borasida yangi loyihalar muhokama qilindi. Xususan, Mang‘istau viloyatining strategik geografik joylashuvi hamda Mang’istau va Qoraqalpog’iston Respublikasini bog’laydigan avtomobil yo‘li qurilishi tufayli savdo-sotiq sohasida katta salohiyat mavjudligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, ona zaminimizda etishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini Mang‘istau viloyatiga yetkazish va aksincha dengiz mahsulotlarini yurtimiz bozorlariga arzon va sifatli olib kirish bo’yicha muzokaralar olib borildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mang‘istau viloyati bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va yaqin aloqalar o‘rnatgan va bu hamkorlik mintaqaviy taraqqiyot va xalqaro do‘stlik rishtalarining yangi sahifasini ochishi kutilmoqda.