Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov Rossiya Federatsiyasining Buryatiya Respublikasidan kelgan delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov so‘nggi yillarda Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda xalqaro aloqalarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, gumanitar sohalar va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlari bilan qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bugun bu aloqalar yanada mustahkamlanmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Buryatiya Respublikasi bilan o‘zaro hamkorlik, investitsiyaviy yangi loyihalar, turizm, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi sohalarida istiqbolli loyihalarni ishga tushirish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.