“Yashil makon” loyihasi va obodonlashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Respublika prokuraturasi bilan hamkorlikda “Yashil makon” loyihasi va obodonlashtirish bo‘yicha belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari Sh.Dauletiyarov ishtirok etdi va boshqarib bordi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining o’rinbosari v.v.b F.Q.Radjapov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasining bo’lim boshliǵi O.X.Karimov, tegishli mutasaddi idora, tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahorgi daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarining borishi, shahar va tumanlar atrofida yashil qoplamali belbog‘lar barpo etish, aholimizning yer bilan ishlash madaniyatini oshirish va har bir xonadonda tomorqa yeridan samarali foydalanishiga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha qilingan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqildi. Shu bilan bir qatorda “Obodlik ko‘ngildan boshlanadi” degan ezgu g‘oya asosida tozalik va obodonlashtirish ishlari har bir mahallaga, har bir xonadonga kirib borishi kerakligi, shahar va tumanlarda yo‘l bo‘ylarida keng qamrovli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, barcha tuman hokimlari o‘rinbosarlari, tegishli idora, tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olinib, vazifalar taqsimlandi.