Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov Frantsiya Taraqqiyot agentligi va Evropa Investitsion Bankining vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tti.


Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish to‘g’risida” gi PQ-72-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Orol dengizi havzasining quyi oqimidagi degradatsiyaga uchragan erlarning holatini yaxshilash bo‘yicha investitsion loyihasining amalga oshiriladigan ishlari bo‘yicha o‘z-aro muzokaralar olib borildi. Mazkur loyiha doirasida 20 ming gektar himoya o‘rmonlari va 5 ming gektar agroo‘rmonchilik sohasida oborotdan chiqgan erlarni qayta yaratish ko‘zda tutilgan.