Xalq farovonligi yo‘lida xizmat qiluvchi yangi klinika foydalanishga topshirildi
Davlatimiz Mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi bayrami munosabati bilan Nukus shahar «Allaniyaz Qaharman» MFY hududida «CARDIOMED NUKUS» klinikasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘nda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi F.Ermanov, Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vaziri M.Qurbanov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok qildilar. Yangi zamonaviy sharoitlarga ega klinika 50 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, kunduzgi va tungi statsionar, laboratoriya, UZI, EKGning sutkalik Xolter monitori, tredmill sinovi, fizeoterapiya xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Klinika kardiologik va nevrologik kasalliklarni davolashga xizmat ko‘rsatadi va ish boshlashi bilan 15 fuqaroning bandligi ta’minlangan. Yangi klinika xalq salomatligi uchun xizmat qilari so‘zsiz.