Amudaryo tumanidagi «Oq oltin» OFYda 2025-yil hosili uchun g’alla ekish ishlarini tashkil etish yuzasidan qishloq xo’jaligi seminari bo’lib o’tdi.
Hududdagi “Yakubova Gavhar” fermer xo’jaligining ekin dalasida tashkil etilgan seminarda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov, tumanlar hokimlari, respublika hamda tumandagi qishloq xo’jaligi soha mas’ullari ishtirok etdilar. Seminarda g’alladan yo’qori hosil olish maqsadida ekish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish, agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida amalga oshirish orqali ekin maydonlaridan samarali foydalanish yuzasidan oldinda turgan ustuvor vazifalar xususida so’z yuritildi.
Shuningdek, seminar mobaynida paxtadan mo’l hosil olish borasidagi ishlar bilan ham tanishildi.