Vazirlar Kengashining Raisi aloqa infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha investorlar bilan muzokaralar olib bordi
Vazirlar Kengashining Raisi Farhod Ermanov Xitoy davlatidan kelgan investorlar bilan aloqa infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Ushbu dasturning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo ko‘lamini kengaytirish, sun’iy intellekt g‘oyasi darajasini ko‘tarish va axborot texnologiyalariga yo‘naltiriladigan investitsiyalarni ko‘paytirishdan iborat. Ayni paytda Qozog‘iston, Vetnam, Malayziya va Singapur kabi mamlakatlardagi raqamli texnologiyaga ixtisoslashgan korxonalar, muassasalar va universitetlar ushbu dasturda ishtirok etishni loyihalashtirmoqda. Quvonarlisi, janob Liu Genchjongning taklifiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi birinchi tadqiqot yo‘nalishi sifatida tanlab olindi va amaliy muzokaralar olib borildi.