Nukus shahrida joylashgan “Nukus elektroapparat” qo‘shma korxonasiga Press-tur tashkil qilindi.
Avval xabar berganimizdek, bugun, 23-avgust kuni Nukus shahridagi quyosh panellarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan «Nukus elektroapparat» qo‘shma korxonasining ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida press-tur tashkil qilindi. 2017-yilda ishga tushib, elektr energiyasi tarmog’i uchun kuchlanish qurilmalari ishlab chiqarish bilan shug’ullanib kelgan mazkur korxona 2024 yil iyun oyidan boshlab 10 million dollardan ziyod mablag’ evaziga quyosh panellari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirdi. Uskunalar Koreya Respublikasidan keltirilib, ishlab chiqarish jarayoni 100 foiz avtomatlashtirilgan. Loyihaning yillik quvvati 273 ming dona. Qo‘shma korxona ichki bozorda talab yuqori mahsulotni mahalliylashtirish bilan birga 4 million dollarlik eksport imkoniyatiga ham ega bo‘ldi. 70 kishi ish bilan ta’minlandi. Zavodning o‘zida ham 125 kilovatt quvvatli quyosh panellari o‘rnatilgan. Undan olingan elektr ichki ehtiyojlar uchun ishlatiladi, ortiqchasi hududiy elektr tarmoqlariga sotiladi.