Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov rahbarligida navbatdagi sayyor qabul Chimboy tumanida o‘tkazildi


2024-yil 22-avgust kuni Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov rahbarligida navbatdagi sayyor qabul Chimboy tumanida o‘tkazildi. Unda, vazirlik, idora, tashkilotlar, huquqni himoya qilish organlari va tuman sektor rahbarlari ishtirok etdi.

Fuqarolar tomonidan bandlik, tibbiy ko‘rikdan o‘tish, moddiy yordam, uy-joyini rasmiylashtirish, kommunallik va ichki yo‘llarni qayta ishlash, elektr ustunlarini o‘rnatish va tadbirkorligini boshlash uchun kredit zarurligi bo‘yicha muammolar ko‘tarildi.

Sayyor qabul davomida, 4 fuqaroning bandiligi ta’minlanib, bir fuqaroning bolasi kasalligi bo‘yicha murojat Vazirlar Kengashining Raisi tomonidan shaxsan nazoratga olindi va Tibbiyot vazirligiga Toshkent shahrida bolaning davolanishi uchun “order” berishini hamda mahalla tomonidan moddiy yordam ajratilishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, vaqt talab qiladigan masalalar yuzasidan tegishli vazirliklar bilan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.