Rasmiy izoh
Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining rasmiy veb-sayti faoliyatiga oid fikrlar bildirilgan. Bu borada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi. 2024 yilning fevral oyidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining kiber tahdidlarga qarshi va muntazam ravishda ish olib borishi uchun yangi zamonaviy ko‘rinishdagi rasmiy veb-sayti ishga tushirildi. Mazkur saytga bugungi kunga qadar respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yo‘lidagi muhim normativ huquqiy hujjatlar, ochiq ma’lumotlar, davlat idoralari haqidagi ma’lumotlar, shu bilan bir qatorda korrupsiyaga qarshi kurashish bilan bog’liq chora-tadbirlar joylashtirilgan. Shu bilan birga, boshqa muhim yangiliklar, e’lonlar, Hukumat rahbarlarining investorlar bilan uchrashuvlari, fuqarolarning murojaatlari va sayyor qabullari muntazam ravishda e’lon qilib borilishi va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan to‘ldirish choralari ko‘rilmoqda. Bundan tashqari, rasmiy veb-saytning:
- Telegram – https://t.me/QResMinistrlerKenesi
- Facebook – https://www.fb.com/groups/karakalpakstan.uz
- Instagram – https://instagram.com/qr.ministrlerkenesi tarmoqlarida sahifalari tashkil etilgan.
Vazirlar Kengashining rasmiy veb-saytiga bo‘lgan e’tibori uchun cheksiz minnatdorchilik bildirgan holda Vazirlar Kengashining Axborot xizmati belgilangan tartibda barcha ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum etib bildiradi.