Sayyor qabul


Shu yilning 27-iyun kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farxod Ermanovning, Nukus tumanida fuqarolarning murojatlarini o’rganish, ularning taklif va fikrlarini tinglash maqsadida sayyor qabuli tashkil etildi.
Qabulda fuqarolar tomonidan asosan, ichimlik suv, ichki yo’llarni ta’mirlash, elektr energiya, uy-joy bilan ta’minlash, bolalar boqchasini qurib berish masalalari bo’yicha murojatlar bildirildi. Bunda ayrim masalalar shu joyning o’zida yechimini topgan bo’lsa, vaqt talab etiladigan masalalar uchun ishchi guruh tuzilib, muammolarni joyiga chiqqan holda o’rganilishi bo’yicha ko’rsatmalar berildi.