Joriy yil 22-iyun kuni yoshlar markazi binosida Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuvi bo’lib o’tdi.


Ochiq muloqot tarzida bo’lib o’tgan uchrashuvda F.Ermanov davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilib berilayotgan keng imkoniyatlar haqida qisqacha aytib o’tdi. Shundan so’ng, bir qator yoshlarimiz o’zlarining fikr va takliflarini bildirishdi. Jumladan, Nukus davlat pedagogika institutining talabasi Alfiya Amangeldiyeva Qoraqalpog’iston Respublikasidagi barcha shahar va tuman hokimlarini yoshlarga yo’lboshchi qilib, namuna sifatida ular ishtirokida «Vazirlar Kengashi Raisi kubogi» nomi bilan intelektual o’yinlarini tashkil etish taklifini bildirgan bo’lsa, «SHABBAZ NUKUS» korxonasining direktori Adilbek Saparniyazov yosh tadbirkorlar, fermelar, hunarmandlar ishtirokida forum tashkillashtirish takliflarini bildirishdi. Mazkur fikr va takliflar Vazirlar Kengashining Raisi tomonidan qo’llab-quvvatlanib, kelgusida ijobiy ishlar amalga oshirilishini takidlab o’tdi.