«O’zbekiston-umumiy uyimiz» «O‘zbekiston ko‘p millatli, bag’rikeng o‘lka» shiori ostida madaniy tadbir o‘tkazildi
2024-yil 30-aprel kuni Nukus shahar 34-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchi, o‘quvchilar va «Eli abat» MFY fuqarolari ishtirokida «O‘zbekiston ko‘p millatli, bag’rikeng o‘lka» shiori ostida o‘tkazilgan madaniy tadbir mamlakatimizda insonparvarlik va bag’rikenglik tamoyillari asosida olib borilayotgan demokratik islohotlarning o‘ziga xos ko‘zgusidir. Binobarin, Konstitutsiyamizning 8-moddasida belgilanganidek, O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil qiladi. «O‘zbekiston-umumiy uyimiz» do‘stlik va madaniyat festivali doirasida, «Sog’lom avlod tarbiyasida millatlararo totuvlikning o‘rni» mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar, «Milliy va diniy bag’rikenglik-barqarorlik omili» nomli ko‘rgazmasi, «Qudratimiz-birlik va hamjihatlik» nomli kontsert “Urf odat va qadriyatlar millat ko‘zgusi” shiori ostida turli millatlarning betakror madaniyat, san’ati, urf-odatlari, an’analarini aks ettiruvchi qardosh xalqlar rassomlarining asarlari va fotolar ko‘rgazmasi, turli xalqlar hunarmandchilik namunalari ko‘rgazmasi hamda qardosh xalqlar yozuvchi va shoirlari asarlari ko‘rgazmasini hamda “Milliy qadriyatlarini o‘zida aks ettiruvchi liboslar” ko‘rgazmalarini tashkil etildi. Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan yoshlarga Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining faxriy yorlig’i va qimmat baho savg’olari topshirildi.