Xo‘jayli tumani amaliy seminar o‘tkazildi


Joriy yilning 3-aprel kuni Xoʻjayli tumani “Xoʻjayli Elita urugʻchilik” MChJda chigit ekishga bagʻishlangan koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi. Seminarga Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermanov, Xoʻjayli, Shumanay, Qonlikoʻl va Qoʻngʻirot tumani sektor rahbarlari, shuningdek, tegishli soha vakillari ishtirok etdi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qarorda belgilangan vazifalar hamda qishloq xoʻjaligi sohasini yanada rivojlantirishning asosiy maqsad va vazifalariga toʻxtalib, fermerlarning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Xoʻjayli tumanida 7 700 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan boʻlib, bu ishlarni amalga oshirish uchun 17 otryad tashkil qilingan va 2 419 texnika biriktirilgan. Tadbir davomida “biring ming boʻlsin” degan yaxshi niyatda dalaga dastlabki urugʻlar sepilib, tumanda chigit ekish ishlari boshlab yuborildi. Bundan soʻng, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha tadbir qatnashchilari tomonidan har turli mevali va dekorativ daraxt koʻchatlari ekildi.