Bugun Ellikqal’a tumani “Saxtiyon” shaharcha fuqarolar yigʻini hududidagi “Saxtiyonli Sadulla” fermer xo‘jaligi maydonida 2024-yil hosili uchun chigit ekishni tizimli yoʻlga qoʻyish yuzasidan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.


Unda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o’rinbosari D.Qaypov, Ellikqal’a tumani hokimi V.Niyazimbetov, tumandagi 4 sektor rahbari, tuman hokimining  o‘rinbosarlari, sohaga maʼsul tashkilot va korxonalar, paxta klasterlari korxonalari rahbarlari, soha vakillari va mutaxassislari ishtirok etdi.   Seminar avvalida Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov va soha vakillari ishtirokida nuroniy otaxonlar duosi bilan erga urugʻ sepildi va ekish ishlari boshlab yuborildi. Bundan keyin zamonaviy, yuqori unum bilan ishlovchi texnika vositalari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Yigʻilganlar ko‘rgazma bilan tanishib, fikr mulohazalarini bildirdi. Tumanda 9 ming 200 gektardan ortiq erga chigit qadab, mo‘l hosil olish maqsad qilingan. Buning uchun hozirgi kunda 24 otryad tashkil etilgan.   Tashrif davomida “Yashil makon” tadbirlari ham amalga oshirildi.