Barchasi inson qadri uchun
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi ma‘sul vakillari J.Xasanov, I.Giyasov, S.Xodjaev, O.Toshxodjaevlar ishtirokida majlis bo’lib o’tti.
Majlisda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov, Respublika sektor rahbarlari, Xalq qabulxonasi, Vazirlik, muassasalar, shahar va tuman hokimlari hamda ularning o’rinbosarlari, korxona rahbarlari qatnashdi.
Tadbirni tashkillashtirishdan maqsad fuqarolar tomonidan eng ko’p ko’tarilayotgan muammolar, murojat va arizalarning kelib chiqishiga sabab bo’layotgan masalalarni bartaraf etishdan iborat.
Shuningdek, «Obod uy-obod ko’cha-obod mahalla» printsiplarini amaliyotga kiritish bo’yicha natiyjali ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.