Nukus shahrida Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi B.Shamsuddinov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig’i A.Aymbetov va umumiy bo‘lim boshlig’i B.Kenjaev, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog’iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi vakillari ishtirokida vazirlik va idoralardagi murojaatlar bilan ishlash bo‘limlari xodimlari uchun o‘quv seminar tashkil etildi.
Seminar davomida Xalq qabulxonasi, vazirlik va idoralar tomonidan reja-jadval asosida fuqarolar qabullari o‘tkazilish mexanizmlari, aholi murojaatlari bilan ishlash davlat organlarining aholi bilan muloqotini takomillashtirish va qabullarning natijadoriligini orttirishga qaratilgan masalalar bo’yicha soha xodimlari bilan atroflicha fikrlar almashildi.