“Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida aholining tomorga va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish chora-tadbirlari” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.


Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov qatnashdi va anjumanni boshqarib bordi. Shuningdek anjumanda O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari Oila va xotin-qizlar qo’mitasi rahbari Z.Maxkamova, O’zbekiston Respublikasi kambag’allikni qisqartirish va bandlik vaziri o’rinbosari A.Muratov va Markaziy Bank raisining o’rinbosari S.Meliboyevlar ishtirok etishdi. Xabaringiz bor keyingi yillarda shaxsan davlatimiz rahbarining qo’llab-quvvatlashi natijasida yurtimizda aholining daromatini oshirish, ularga munosib turmush sharoitini yaratish va tadbirkorlikni izchil qo’llab-quvvatlash natijasida bugun aholimizning tom ma’noda hayotga bo’lgan ko’z qarashlari o’zgarib, aholi daromadlari ortib, bugungi turmushidan rozi bo’lib yashashlariga sabab bo’lmoqda. Yurtimizda aholining tomorqa yerlariga bo’lgan madaniyatini shakllantirish ulardan samarali foydalangan holda unga daromat manbai sifatida qarash, har bir qarish yerdan ko’proq daromat olish, suv tejovchi texnologiyalardan samarali foydalangan holda mo’l hosil olish bo’yicha soha mutaxassislari yordamida ularni ilǵor tajribalar bilan tanishtirish hamda ularning bilim va ko’nlikmalarini oshirish, Qoraqalpog’iston Respublikasi tuman (shahar) sektor rahbarlari, hokim o’rinbosarlari va “mahalla yettiligi” tomonidan aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan belgilab berilgan yangi tizimni samarali joriy etilishini ta’minlash, sharoiti og’ir hamda og’ir ahvoldagi 96 ta mahallada tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish chora tadbirlarini namunali amalga oshirish, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida har bir mahallani aniq bir yo’nalishda ixtisoslashtirish, shuningdek xonadonlarni kooperaciya usulida biriktirish va etishtirilgan mahsulotni markazlashgan usulda realizaciya qilinishini yo’lga qo’yish. Har bir mahallaning eksport salohiyatini yuksaltirish, bozorlardagi narx-navolarni kamaytirish chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish bo’yicha anjuman ishtirokchilari hamda OAV vakillari o’zlarini qiziqtirgan savollariga soha rahbarlari tomonidan javoblar olishdi