“Dolzarb bir oylik” joriy etildi
Joriy yilning 10 mart kuni Yoshlar markazi binosi oldida Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 6 martdagi “Mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish to‘g’risida”gi “F-18”-sonli Farmoyishida ko‘rsatilgan “Navro‘z” umumxalq bayrami va muborak “Ramazon” oyini ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish maqsadida 11 mart sanasidan “Dolzarb bir oylik” joriy etildi.
Bundan ko‘zlangan maqsad, mahallalarni birdamlikda obodanlashtirish va ko‘kalamzorlartirish, aholi tomorqalariga sabzavot, poliz, kartoshka, dukkakli va boshqa serdaromad ekinlarni ekishi, “Yashil makon” doirasida daraxt ko‘chatlarin ekilishi hamda ommaviy hashar va madaniy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bundan so‘ng, Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov va Nukus shahar hokimi A.Daniyarov rahbarligida respublika va shahar tashkilotlaridan mahallalarga biriktirilgan vakillarga berilgan topshiriqlar yuzasidan bajariladigan ishlar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
