Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov Taxiatosh tumanida bo‘lib, tumandagi qishloq xo‘jaligi texnikalarining ekish mavsumiga tayyorgarligi va olib borilayotgan qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov Taxiatosh tumanida bo‘lib, tumandagi qishloq xo‘jaligi texnikalarining ekish mavsumiga tayyorgarligi va olib borilayotgan qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi. Tashrifdan maqsad qishloq xo‘jaligi texnikalarining ishga shayligini tekshirish, yangi qurilish loyihalarining amalga oshirilishini nazorat qilishdan iborat edi. Tumanda ekin ishlarining boshlanishi va qurilish sohasidagi rivojlanishga alohida e’tibor qaratilib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash maqsadida turli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.