Xotin-qizlarning daromad topishi uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.
Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish, atrof-muhitni toza va ozoda saqlash xalqimizning asrlar sinovidan o‘tgan milliy qadriyatidir. Daraxtlarga mehr berish, ularni parvarish qilish eng ezgu va xayrli amal hisoblanadi. Yurtimizda kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolarning barqaror daromadga ega bo‘lishi uchun ko‘plab ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Shu mazmunda, daraxt va gul ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha 100 nafar xotin-qizlarning qo‘shimcha daromad topishi uchun o‘quv seminari tashkil etildi. Seminar yakunida ko‘chat yetishtirish qoidalari o‘quv kursini tamomlagan xotin-qizlarga maxsus sertifikatlar topshirildi.