Prezidentimiz raisligida Olimpiya va Paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish


Prezidentimiz raisligida Olimpiya va Paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholining jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan 13-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasining ishchi guruhi – Bosh kotib Murodjon Mamadaliyev hamda assotsiatsiya raisining maslahatchisi, xorijiy ekspert Baek Mun Jong Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib, Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari R.Zarikeev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda asosan assotsiatsiyaning hududiy bo‘linmalari faoliyatini kuchaytirish, sport maktablari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali seleksiya va sport zaxirasini rivojlantirish masalasi bo‘yicha suhbat olib borildi.