Qoraqalpoǵiston Respublikasidagi topshirilishi kutilayotgan obektlarga press tur tashkil etildi


Mamlakatimizda Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijasida  o‘g‘il-qizlarning bolalikdan jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol etib ulg‘aytirish doimiy e’tiborda. Yurtimizning eng olis, chekka hududlarida ham davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari barpo etilib, zamonaviy usulda jihozlanayotgani ushbu ezgu maqsad yo‘lidagi sa’y-harakatlardan. Ellikqal’a tumanining Paxtachi,Cho’pon,mahalla fuqarolar yig‘inlarida yangidan barpo qilingan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentyabrdagi “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro, taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida” Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-5246-son qaroriga asosan yangidan  barpo qilingan  36-hamda 37-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va -Qilichinoq ovul fuqarolar yig‘inida  “Sapargul,  Dilfuza, Shirinoy” Davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil qilingan maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan ochilish tadbirlarida tuman hokimi V.B.Niyazimbetov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining ijtimoiy rivojlantirish yoshlar siyosati va jamoat birlashmalari masalalari, qo‘mitasi raisi M. U. Atamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari B.P. Ótemuratov, O‘zbekiston Respublikasi Moliya va IqtisodiyotIIqt vazirligi huzuridagi Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish loyihasini bo‘yicha direktor o‘rinbosari R. A. Usmanov, hokim o‘rinbosarlari, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.