Nukus shahrida sportning Mini futbol (Futzal) turidan Qoraqalpog‘iston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Nukus shahrida sportning Mini futbol (Futzal) turidan Qoraqalpog‘iston chempionati bo‘lib o‘tdi. Bugun chempionatning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tib, unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari R.Zarikeev ishtirok etib, ishtirokchilarga keyingi o‘yinlarda omad tiladi. Musobaqa yakuniga ko‘ra; 1-o‘rin Nukus shahrining Pantera jamoasi 2-o‘rin O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali-2; 3-o‘rinni Qoraqalpoq Davlat Universiteti-1 jamoalari egalladi. Bundan tashqari, ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan bir nechta nominatsiyalar bilan taqdirlandi. Chempionat yakunida g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.