Joriy yilning 17-22 fevral kunlari Andijon viloyatida sportning Basketbol turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi.


Joriy yilning 17-22 fevral kunlari Andijon viloyatida sportning Basketbol turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi.

Unda Respublikamizning Basketbolchi qizlari ham ishtirok etib, 1-o‘rinni egallab, O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Qizlarimiz musobaqalarda Navoiy, Namangan, Jizzax, Farg‘ona va Toshkent shahrining “AGMK” jamoalari bilan kuch sinashib, barcha jamoalaridan ustun kelib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun aytib o‘tish kerak qizlarimiz birinchi marta 1-o‘rinni egallab, oltin medal sohibiga aylanish sharafiga muyassar bo‘ldi. Shu kungacha O‘zbekiston chempionat va kuboklarida sportchilarimiz faxrli 2-o‘rin sohibi bo‘lib kelgan edi.

Sportchilarimizning erishgan yutuqlari bilan tabriklab, kelgusi musobaqalarda yuqori natijalarga erishaverishlarini tilab qolamiz.