Bugun Nukus shahar 1-sonli sport maktabida sportning Mini futbol turidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri kubogi”nıng final bosqishi bo’lib o’tdi.


Bugun Nukus shahar 1-sonli sport maktabida sportning Mini futbol turidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri kubogi”nıng final bosqishi bo’lib o’tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri A.Allanazarov so‘zga chiqib, g‘olib jamoalarimizga kelgusi musobaqalarda omad tilab, bundan-da yuqori musobaqalarda sovrinli o‘rinlar egasi bo‘lishiga tilak bildirdi. Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan musobaqa yakuniga ko‘ra: 1-o‘rin Xo‘jayli tumanining “Jayxun” jamoasi. 2-o‘rin Chimboy tumanining “Chimboy”; 3-o‘rinni Nukus shahrining “Nukus Strars” jamoasi egalladi. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.