Shumanay tumanida “Oila va xotin-qizlar maskani” ochildi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 820-sonli qaroriga asosan, Oila institutini rivojlantirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida tumanimizning 3-sektor hududida joylashgan “Qarabayli” makon fuqarolar yig‘inida “Oila va xotin-qizlar maskani”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi Ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Axmedova, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari A.Bekmuratov, T.Qalliqilicheva, tuman Ichki ishlar bo’limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, katta inspektor K.Bekmanova, muassasa, korxona va tashkilot rahbarlari, “Namunali ayollar” harakati a’zolari, ovul va makon fuqoralar yig’inidagi xotin-qizlar faollari ishtirok etdi. Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan oilalardagi totuvlik, tinchlik, hamjihatlikni asrashdek ezgu maqsadlar yo‘lida endi hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan yoshlarimizning ushbu markazlarda ta’lim olishlariga tilakdoshlik bildirildi. “Oila va xotin-qizlar maskani”ning ochilishi tumanda oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ayollarning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.