“Qarabayli” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi


Shumanay tumani “Qarabayli” makon fuqarolar yig‘inida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari R.Zarikeevning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda, Shumanay tumani hokimi A.Ametov, muassasa va korxona rahbarlari ishtirok etdi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan yo‘l ta’miri, suv ta’minoti, bolalar bog‘chasini qurib berish va fuqarolik pasporti olishda amaliy yordam so‘rab murojaatlar bildirildi. Qabul davomida bildirilgan murojaatlar joyida ko‘rib chiqilib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.