⚡️5 sotix issiqxonada 1000 dona limon ko’chatlari parvarishlanmoqda


⚡️5 sotix issiqxonada 1000 dona limon ko’chatlari parvarishlanmoqda 2024-yilning 28-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida “Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksportini ko‘paytirishga doir chora-tadbirlari” yuzasidan videoselektor yig‘ilishida, mahallalarda limonchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha qator topshiriqlar berildi. Hozirgi vaqtda Ellikqal’a tumani “Paxtachi” MFY xududida yashovchi Ro‘zimbetov Anvarning tomorqasidagi 5 sotix issiqxonada 1000 dona limon ko’chatlari parvarishlanmoqda.Issiqxonada yer maydonlaridan unumli foydalanish maqsadida bodring ko‘chatlari maxsus qutilarga ekilgan.Bunday ishlar o‘z navbatida yerdan samarali foydalanish orqali qo‘shimcha daromad olish imkonini yaratadi. Bugungi kunda Agrosanoatni rivojlantirish agentligi xodimlari tomonidan limon ekmoqchi bo’lgan tomorqa yer egalariga tumandagi mavjud ko’chatlar bo’yicha amaliy yordamlar berib kelinmoqda.Issiqxona faoliyatini o‘rganish davomida issiqxona egasi Ro‘zimbetov Anvar issiqxonani hamda limonchilik sohasini kengaytirish istagi borligini bildirib, qo‘shimcha yer maydoni bo‘yicha Agentlik xodimlari tomonidan bosh turgan yer maydonlari taklif qilindi. Bu kabi tashabbuslar limonchilikni rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.