“BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABIDA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi tashabbusi bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Respublika Barkamol avlod bolalar maktabi tomonidan To‘rtko‘l tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabida ommaviy axborot vositalari ishtirokida press-tur tashkil etildi. Press-tur ishtirokchilari OAV vakillari va jurnalistlar Barkamol avlod bolalar maktabida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi. Ma’lumot uchun: To‘rtko‘l tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabida 90 to‘garak, shundan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan 61 tarmoq to‘garaklari bilan jami 3295 o‘quvchi jalb etilgan. “Barkamol avlod” bolalar maktablarida o‘quvchilar qamrovini yanada oshirish, ayniqsa, chekka qishloqlardagi maktablarda maktabning tarmoq to‘garaklarini ochish va u yerdagi o‘quvchi-yoshlarning qiziqishlariga qarab to‘garaklar tashkil etilmoqda.