Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov boshchiligida sport sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Unda Jo’qorg’i Kengesning Qo‘mita raisi M.Atamuratov, Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari R.Zarikeev, Sport vaziri A.Allanazarov hamda Respublikamizning barcha shahar va tuman sport maktab direktorlari hamda federatsiya, assotsiatsiyasi ijrochi direktorlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda sport sohasida amalga oshiriladigan vazifalar konsepsiyasi, jumladan, ommaviy sportni rivojlantirish, sport musobaqalarini qabul qilish, mahallalarda sport maydonchalari barpo etish, sport maktablari faoliyatini rivojlantirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish, sohani takomillashtirish dasturlarini amalga oshirishga doir vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, Sport tashkilotlarining 2025 yilgi smetalarini puxta ishlab chiqish, “Tashabbusli byudjet” va investitsiya loyihalari bilan ishlash kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish davomida Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha ishlarni reja asosida tashkil etish, hududlardagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Yig‘ilish yakunida tegishli mutasaddilar va sport rahbarlarining kun tartibidagi masalalar bo‘yicha takliflari eshitilib, aniqlangan muammolar yechimi bo‘yicha maxsus yo‘l xaritasi ishlab chiqilib, ijrosi nazoratga olindi.