Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida kiberxavfsizlik, internetdagi firibgarlik yo‘li bilan plastik kartalardan pul mablag‘larini yechib olish holatlari bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha soha vakillari bilan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida kiberxavfsizlik, internetdagi firibgarlik yo‘li bilan plastik kartalardan pul mablag‘larini yechib olish holatlari bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha soha vakillari bilan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig’ilishda Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov ishtirok etdi va boshqarib bordi.  Hurmatli Prezidentimizning 2021-yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi kontsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PF-27-sonli Farmoni hamda 2022-yil 3-fevraldagi “Internet tarmog’ida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi PQ-117-sonli qaror qabul qilingan. Mazkur Farmon va Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, Vazirlar Kengashining tegishli qaror va farmoyishlari qabul qilinib, manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga “Internet tarmog’ida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Yig’ilishda Qoraqalpog’iston Respublikasi Prokurori E.Tadjiev, Ichki ishlar vaziri B.Torebekov va kun tartibidagi masalaga aloqador vazirlik, idoralar va tashkilotlar rahbarlari hamda Nukus shahar va tumanlar studiyalaridan sektor rahbarlari, tegishli idora, tashkilotlar rahbarlari va mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik bo’limi tomonidan Internet tarmog’ida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim ishlar bo’yicha ma’lumot berildi. Jumladan, aholi orasida, vazirlik, tashkilot va korxonalarda, ta’lim muassasalarida, mahallalarda uchrashuvlar o‘tkazib, e’tiborni internetdagi soxta havola va ilovalarga qaratish, jinoyat qurboni bo‘lmaslik yo‘llari tushuntirish;   Shuningdek, yig‘ilganlarga shaxsiy ma’lumotlarni internet tarmog‘ida notanish shaxslarga berish oqibatida yuzaga kelayotgan va boshqa jinoyatlarning og‘ir oqibatlaridan xabardor qilishga qaratilgan tushuntirish ishlarini olib borish, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinayotgan xabarlarni aholining barcha qatlamiga yetkazish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish yuzasidan yig‘ilish ishtirokchilariga tushuntirish berildi.