Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi hamda Vazirlar Kengashining tashabbusi bilan Chimboy tumaniga Respublikamiz Ommaviy Axborot Vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.
Dastlab press-tur ishtirokchilari tumanning “Tazg‘ara” mahallasida bo‘lib, bu yerda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 1-sonli qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning “Tazg‘ara” mahallasi misolida tanishishdi. Shundan so‘ng, «Jipek-jolı» mahallasida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha ushbu hududdagi ko‘p qavatli uylarda kuzatuv kameralari o‘rnatish jarayoni bilan tanishdi. Keyingi manzil «Shaxtemir» va «Qara – kól» mahallalarida tadbirkorlik joylarida qaror ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirildi shuningdek, «Shaxtemir» mahallasidagi 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida qaror ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha OAV vakillari yaqindan tanishtirildi.